
Qozog‘istonlik yengilmas bokschi, WBA Super, IBF va WBC boks yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Gennadiy Golovkin Butunjahon boks kengashi (WBC) talqiniga ko‘ra yil odami deb topildi, deb yozadi Kun nashri.
Bu haqda WBC’ning tvitterdagi rasmiy akkauntida ma’lum qilindi.
WBC prezidenti Maurisio Sulaymonning ta’kidlashicha, sportchi bu yuqori unvon bilan "boks yo‘lida ringda va uning ortida qilgan barcha ishlari uchun" taqdirlandi.
Golovkin bokschilik faoliyatida 38 ta jang o‘tkazib, 37 tasida g‘alaba qozongan. Uning meksikalik Saul Alvaresga qarshi kechgan so‘nggi jangi durang natija bilan yakunlandi. Ta’kidlash joizki, ikki bokschi o‘rtasida 2018 yil 5 may kuni revansh jang bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar