Ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimiz bokschilari nafaqat havaskor ringlarda, balki professional ringlarda ham nimalarga qodirligini isbotlab kelishmoqda.
Ayni damda Shohjahon Ergashev, Qudratillo Abduqahhorov, Azizbek Abdug‘afforov, Fazliddin G‘oibnazarov, Xurshidbek Normatov va boshqa charm qo‘lqop ustalari mag‘lubiyatsiz yurishlari davom ettirmoqdalar.
Yaqin vaqtlar ichida ular safiga yana bir nechta bokschilarimiz qo‘shilishlari mumkin. Bu haqda terma jamoamiz ustozlaridan biri To‘lqin Qilichev Aktauda o‘tayotgan boks bo‘yicha Shokir Boltekul xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda bergan intervyularidan birida ma’lum qilgan.
– Okeanorti (AQSh) promouterlik tashkilotlari Murodjon Axmadaliyev, Shaxram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Isroil Madrimov va boshqa bokschilarimizga qiziqish bildirmoqda, ammo yana bir bor aytaman noyabr oxirida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi va chempionat yakunlaridan so‘ng kimning professional boksga o‘tishi yoki qolishi aniq bo‘ladi. Bundan tashqari chempionatdan so‘ng terma jamoamiz tarkibi 60-70 %ga o‘zgaradi, – deydi To‘lqin Qilichev.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?