09:15 / 08.10.2017
4 231

V guruhi. Shveysariya va Portugaliyada g‘alaba, mundial yo‘llanmasi taqdiri so‘nggi turga qoldi

V guruhi. Shveysariya va Portugaliyada g‘alaba, mundial yo‘llanmasi taqdiri so‘nggi turga qoldi
JCh-2018 saralash bosqichining V guruhi 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
Guruh peshqadami Shveysariya terma jamoasi o‘zida Vengriyani qabul qildi va gollarga boy bo‘lgan bahsda raqibini yirik hisobda yengdi.

Shveysariyani ta’qib qilib kelayotgan Portugaliya esa safarda Andorra termasiga imkon qoldirmadi. Krishtianu Ronaldu va Andre Silvaning gollari mehmonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Farer orollari va Latviya uchrashuvida hisob ochilmadi.

Portugaliya ayni damda peshqadamdan uch ochko ortda qolmoqda, ular 10-turda Shveysariyani Lissabonda qabul qiladilar, mezbonlarni ushbu o‘yinda faqat g‘alaba qoniqtiradi.

Guruhdagi holat bilan tanishing: 1. Shveysariya — 27 ochko; 2. Portugaliya — 24; 3. Vengriya — 10; 4. Farer orollari — 9; 5. Latviya — 4; 6. Andorra — 4.

JCh-2018 saralashi, Yevropa
9-tur, “V” guruhi

Farer orollari – Latviya 0:0 (0:0, 0:0)

Farer orollari
– Nilsen, Gregersen, Nattestad, Davidsen, Benyaminsen, Edmundsson, Xansson (Yunsen, 65), Yakobsen (Yoxannesen, 77), Vatnxamar (uy Bartalsstovu, 87), Nes, Sorensen.
Latviya – Vanin, Gorksh, Kolesov, Maksimenko, Freymanis, Layzans, Tarasov, Ikauniyeks (Uldrikis, 74), Kazachok (Vishnyakov, 66), Klyushkin, Shabala (Vishnyakov, 83).
Ogohlantirishlar: Tarasov (49), Yakobsen (50), Gorksh (70), Shabala (79).

Andorra – Portugaliya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 63 Ronaldu, 0:2 – 86 Andre Silva.

Andorra – Gomes Moreyra, Lima, Maks Lovera, San-Nikolas, Rodriges Soriya (Sanches, 87), Rebes, Rubio, Alaes, Vales, Veyra (Moreno, 90), Klemente (Martines, 79).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Nelson Semedu, Elizeu, Netu, Kuarejma (Vilyam Karvalyu, 79), Danilu Pereyra, Bernardu Silva, Joau Mariu, Jelson Martinsh (Ronaldu, 46), Andre Silva (Gonsalu Gedesh, 90).
Ogohlantirishlar: Alaes (37), San-Nikolas (57), Rodriges Soriya (75), Moreno (90).

Shveysariya – Vengriya 5:2 (3:0, 2:2)
Gollar
: 1:0 – 18 Jaka, 2:0 – 20 Fray, 3:0 – 43 Suber, 4:0 – 49 Suber, 4:1 – 58 Guzmich, 5:1 – 83 Lixtshtayner, 5:2 – 88 Ugrai.

Shveysariya – Zommer, Sher, Juru, Lixtshtayner, Mubandje, Froyler (Derdiyok, 83), Fray (Zakariya, 73), Suber, Jaka, Shakiri, Seferovich (Embolo, 63).
Vengriya – Gulachi, Beshe (Lang, 32), Korxut, Guzmich, Kadar, Elek (Markvart, 56), Nad, Patkai, Lovrenchich, Ugrai, Varga (Shallai, 69).
Ogohlantirishlar: Ugrai (35), Nad (44).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » V guruhi. Shveysariya va Portugaliyada g‘alaba, mundial yo‘llanmasi taqdiri so‘nggi turga qoldi