
JCh-2018 saralash bosqichining G guruhi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
Amalda barcha masala hal bo‘lgan ushbu guruhdagi o‘yinlar ham shunga yarasha bo‘ldi. Ispaniya Ilyarramendining yagona goli evaziga Isroildan uch ochko olib qaytgan bo‘lsa, xuddi shunday Italiya ham safarda minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Makedoniya terma jamoasi o‘zida Lixtenshteyn darvozasini javobsiz to‘rt bor o‘qqa tutdi.
Shunday qilib, Ispaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l olsa, Italiya o‘tish bahslarida qatnashadi.
JCh-2018 saralashi, Yevropa
10-tur, “G” guruhi
Isroil – Ispaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 76 Ilyarramendi.
Isroil – Xarush, Ben Xaim, Tibi, Davidzada, Keltens, Kabxa (Biton, 67), Koen, Melikson (Ben Xaim, 55), Natxo, Atar (Benayun, 75), Xemed.
Ispaniya – Reyna, Nacho, Monreal, Aspilikueta, Ramos (Aspas, 46), Ilyarramendi, Buskets, Viyera, Asensio, Pedro (Kalexon, 76), Aduris (Isko, 66).
Ogohlantirishlar: Davidzada (52).
Albaniya – Italiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Kandreva.
Albaniya – Berisha, Mavray, Xyusay, Veseli, Agoli, Kache, Roshi (Axmedi, 90), Grezda, Basha (Lilya, 68), Memushay (Lyatifi, 76), Sadiku.
Italiya – Buffon, Kellini, Darmian (Dzappakosta, 61), Bonuchchi, Parolo, Spinatssola, Kandreva, Galyardini, Insine (El-Shaaravi, 90), Eder (Gabbyadini, 89), Immobile.
Ogohlantirishlar: Lilya (75), Kellini (81).
Makedoniya – Lixtenshteyn 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 36 Musliu, 2:0 – 38 Traykovski, 3:0 – 67 Bardi, 4:0 – 69 Ademi.
Makedoniya – Dimitriyevski, Musliu, Ristevski, Zaykov, Ristovski, Xasani (Elmaz, 46), Bardi (Doriyev, 78), Traykovski, Alioski, Pandev (Ademi, 64), Nestorovski.
Lixtenshteyn – Yele, Kaufmann, Geppel, Malin, Vizer, Polverino, Brendle (Erne, 74), Byuxel (Zele, 80), Volfinger (Yыldыz, 66), Zele, Kvintans.
Ogohlantirishlar: Kaufmann (8), Zele (32), Zaykov (57), Vizer (58).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar