Professional ringda o‘nta jangning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev 11 oktyabr kuni AQShga uchib ketadi.
Professional ringdagi ajoyib janglari bilan "Showtime" telekanali e’tiboriga tushib, beshta jangga shartnoma imzolagan Shohjahonga mazkur telekanalning ashaddiy raqobatchisi HBO vakillaridan ham taklif oldi.
- "Showtime" telekanali bilan beshta jangga shartnomam bor, - deydi Shohjahon SPORTS.uz axborot portaliga. - Lekin AQShdagi birinchi jangimni HBO telekanali tashkillashtiriladi. Menejerim Oleg Bogdanov ular bilan bitta jangga shartnoma tuzilganini aytdi.
Ma’lumki, "Showtime" va HBO telekanallari professional boks kechalarini uyushtirish va ularni teletranslyatsiya qilish bilan ham nom qozongan. Bu telekanallar o‘z reytingini oshirish uchun eng zo‘r bokschilar bilan ishlashga harakat qiladi.
HBO kanali Floyd Meyvezer, Oskar De La Xoyya, Gennadiy Golovkin, Lennoks Lyuis bilan shartnomaga ega. Shuningdek, bu kanal Mayk Tayson bilan ham hamkorlik qilgan.
HBO telekanali Floyd Meyvezer — Oskar De La Xoyya, Floyd Meyvezer — Zab Djuda, Bernard Xopkins — Ronald «Uinki» Rayt, Bernard Xopkins — Oskar De La Xoyya, Roy Djons — Bernard Xopkins janglarini o‘tkazgani ham uning mavqei qay darajada yuqori ekanini ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi