Toshkent xokkey klubi yaqin ikki mavsum ichida Kontinental xokkey ligasida (KXL) paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi Sof.uz.
Agentlik manbasining aytishicha, liga safini kelasi mavsum yoki 2019/20 mavsumda Toshkent jamoasi to‘ldirishi mumkin. Ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan "Humo Arena" muz saroyi qurilmoqda. Saroy qurilishi 2018 yil kuzida yakunlanishi mo‘ljallangan.
"Humo Arena" ochilganidan so‘ng "Binokor" klubi KXL chempionatida uy uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. Klubning liga tarkibiga kirishi bevosita saroyning foydalanishga topshirilish muddatiga bog‘liq. Klub KXLning hamkorlaridan biri bo‘lgan xalqaro ERIELL neft-servis guruhi tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. ERIELL O‘zbekistonda faol ish olib boradi va uning egalari KXLda o‘zbek klubi paydo bo‘lishiga qiziqish bildirmoqda.
Hozirda KXLda yetti mamlakat – Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Latviya, Xitoy, Finlyandiya va Slovakiyadan 27 klub qatnashadi.
Xabar qilinishicha, Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) kongressida "Humo Arena" taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Taqdimotda O‘zbekiston vakillari saroy ochilishiga bag‘ishlab IIHF shafeligi ostida xokkey turniri o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi