O‘zbekiston futbol federatsiyasining tarkibiy tuzilmasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar doirasida xalqaro bo‘lim tubdan isloh qilindi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Shu paytgacha xalqaro bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Aleksandr Davidenko va uning yordamchisi Sherzod Egamberdiyevlar o‘z lavozimidan ozod etildi.
Xalqaro aloqalar boshqarmasi sifatida yangi tashkil qilingan strukturaga Olim Arifov rahbarlik qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: Olim Arifov 1987 yilda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. O‘zbekiston futbol federatsiyasida 10 yil davomida turli lavozimlarda ishlagan. Ingliz va rus tillarida erkin so‘zlasha oladi.
Olim Arifovning yordamchisi sifatida turli tashkilotlar, shu jumladan sport federatsiyalarida ishlab kelgan Diyor Isomiddinov ish boshladi.
Hozirgi kunda xalqaro aloqalar boshqarmasining boshqa lavozimlariga ham yangi nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sherzod Egamberdiyev avvalroq o‘zbekistonlik jurnalistlarni “futbolni tushunmaydigan qishloqi odamlar”ga qiyoslagandi.
Shuningdek, Sherzod Egamberdiyev O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan MTJda yaxshi natija ko‘rsata olmagan bo‘lsada, UNGA HAYKAL QO‘YISh KERAKLIGINI ta’kidlagandi.
O‘FF xodimining ushbu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlari butun boshli o‘zbekistonlik jurnalistlar va bir qator fuqarolarning asabini buzgani hech kimga sir emas.
O‘FFning yangi prezidenti Umid Ahmadjonov Egamberdiyevdan tashqari O‘zPFL tashkiloti rahbari Farxod Magometov, O‘zbekiston futbol federatsiyasi xavfsizlik boshqarmasining halol o‘yinlar uchun ma’sul ofitseri Ahrol Inoyatovni va O‘zbekiston futbol federatsiyasining tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabining direktori o‘rinbosari Asqar Tolibjonovlarni egallab turgan lavozimidan ozod etganligi haqida xabar bergandik.
Futbol muxlislari yuqorida tanqid bilan tilga olingan mutasaddilarga ularning ish faoliyati davomida o‘z munosabatlarini bildirib kelgani rost.
Demakki, bildirilayotgan tanqidlar mutaxassislarning shaxsiyatiga emas, ularning qoniqarsiz ish faoliyatiga qaratilganini payqash uchun donishmand bo‘lish shart emas.
Tayinlangan yangi mutasaddi xodimlarning YaNGI ISh FAOLIYaTI ham muxlislarning doimiy nazoratida bo‘lishi tabiiy...
Umid qilamizki, yangi tayinlangan mutaxassislar o‘z faoliyatlarida muxlislar nazaridagi “dog‘larni” qoldirishmaydi! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi