22:10 / 28.10.2017
6 434

«Paxtakor» yangi stadion loyihasi ustida ishlamoqda

«Paxtakor» yangi stadion loyihasi ustida ishlamoqda
“Paxtakor” futbol klubi o‘z tarixida yangi sahifa ochmoqda va barcha infratuzilmaga ega, so‘nggi zamonaviy talablarga javob bera oladigan yangi stadionni qurish ustida faol ish olib bormoqda.

Klub rahbariyati hozirgi paytda yangi stadion loyihasi konsepsiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi kompaniyalar bilan muloqot va maslahatga kirishilgan.

• Renaissance Construction (Turkiya) – loyiha: «Treblus» (Liviya)
• Arena Com (Germaniya) – loyihalar: «Zenit Arena» (Rossiya), «Maksimir» (Xorvatiya)
• Oberhofer Stahlbau (Avstriya) – loyihalar: «Bunyodkor stadioni» (O‘zbekiston), «Forumlar saroyi» (O‘zbekiston)
• Saraiva+Associados (Portugaliya) – loyihalar: «Baghdad Stadium» (Iroq), «Naval 1 Maio Soccer Stadium» (Portugaliya), «Hradec Kralove Soccer Stadium» (Chexiya).

Quriladigan stadionning boshlang‘ich loyihalari “Paxtakor” FK sarmoyadori SFI Management Group ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun yuborilgan.

Ular orasidan eng yaxshi loyiha stadionni qurish uchun tanlab olinadi.
(suratda taklif etilgan loyihalardan biri)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» yangi stadion loyihasi ustida ishlamoqda