10:13 / 29.10.2017
5 266

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua navbatdagi jangida zafar quchdi

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua navbatdagi jangida zafar quchdi
Britaniyalik o‘ta og‘ir vaznli bokschi Entoni Joshua kamerunlik Karlos Takamga qarshi kechgan jangni 10-raundda texnik nokaut bilan yutdi hamda WBA va IBF versiyalari bo‘yicha chempionlik unvonlarini himoya qildi. 12 raundlik jang Kardiffdagi "Millenium" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Joshua bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq jangga 2 haftacha qolganda Pulev yelkasidan olgan jarohatdan keyin to‘liq tiklana olmasligi ma’lum bo‘lgan va u jangdan voz kechgan.

Kardiffda kechgan jangning 2-raundida raqibining boshi bilan bergan zarbasidan keyin Joshuaning burnidan qon keta boshlagan. Bu uni faollashishga majbur qilgan va britaniyalik raund oxirida bir nechta kombinatsiyalar o‘tkazgan. 3-raundda bokschilar sur’atni pasaytirishgan. 4-raundda Joshua yana faollashgan va raqibini nokdaun holatiga tushirgan. Kamerunlikning qoshi yorilgan va hattoki unga shifokor ko‘rigi kerak bo‘lgan.

Jang keyin past sur’atlarda, biroz zerikarli, biroq britaniyalikning ustunligi bilan davom etgan. 9-raundga kelib Takamning ikkinchi qoshi ham yorilgan.

10-raundda jangga nuqta qo‘yildi. Takam bir nechta zarbalarni o‘tkazib yuborgach, chayqala boshlagan, biroq oyog‘ida tura olgan va raqibi zarbalaridan qocha boshlagan. Biroq hakam jangni to‘xtatishga qaror qilib, g‘alabani texnik nokaut bilan Joshuaga bergan. Takam hakamning bu qaroridan norozilik bildirgan va o‘z e’tirozlarini bildira boshlagan. Takamning fikricha, hakam shoshqaloqlik qilgan, chunki u hali kurasha olishi mumkin edi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala bokschi ham bu jang orqali o‘zlari uchun eng katta gonorar ishlab olganlar: Joshua 20 mln dollarga, Takam esa 5 mln dollarga boyigan.

Jang Joshuaning professional faoliyatidagi 20-jangi bo‘ldi va u hozircha barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan. Bokschi IBF unvonini to‘rtinchi marta, WBA unvonini esa birinchi marta himoya qildi. U oxirgi jangini 29 aprelda ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi o‘tkazgan. O‘sha jang Joshua uchun faoliyatida eng uzoq kechgan jang bo‘lgan va u 11-raundda raqibini texnik nokaut bilan mag‘lub eta olgan. Bu mag‘lubiyat Klichko uchun qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyat bo‘lgan va u faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan.

Takam boks muxlislariga rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi jangi bilan tanish. U Moskvada 2014 yil 24 oktyabrda rossiyalikka qarshi o‘tkazgan jangida yutqazib, WBC kumush kamarini boy bergan. Takam hisobida umumiy hisobda 35 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va bitta durang bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Britaniyalik bokschi Entoni Joshua navbatdagi jangida zafar quchdi