
La Liga prezidenti Xavyer Tebas moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan “PSJ” va “Manchester Siti” klublarini Yevrokuboklardan chetlatishga chaqirdi.
“Hech kimga sir emas, so‘nggi besh yilda “PSJ” va “Manchester Siti” transfer bozorida eng faol bo‘lgan hamda futbolchilarni sotib olish uchun eng ko‘p pul sarflagan jamoalar hisoblanadi. Bu klublarning real kundagi daromadi bunday xaridlarni amalga oshirish uchun yetmaydi.
Ular davlatga bog‘langan homiylarning bozor narxiga to‘g‘ri kelmaydigan pullari evaziga o‘z savdolarini amalga oshiryaptilar. Nima uchun, bunday firibgarlik yo‘li bilan ish ko‘rayotgan klublarni Yevrokuboklardan chetlatmaslik kerak”, — dedi Tebasa.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing