
18 va 25 noyabr kunlari Osiyo chempionlar ligasi final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
OFK ikkinchi finalga o‘zbekistonlik hakamlarni tayinladi. Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada “Urava Red Daymonds” va “Al Hilol” o‘rtasidagi Yaponiyada o‘tadigan bahsda ishlaydi.
Saudiya Arabistonidagi ilk finalni iordanyalik Adham Makhamdeh boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi.
OCHL-2017 ikkinchi final
“Urava Red Daymonds” (Yaponiya) - “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni)
25 noyabr 2017. Yaponiya. Saitama. “Saitama 2002” stadioni.
Bosh hakam: Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov
Zaxira hakami: Ma’mur Saidqosimov
Darvoza ortidagi hakamlar: Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev (barchasi O‘zbekiston)
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar