
"Real" prezidenti Florentino Peres yozda "Barselona"dan PSJga o‘tgan Neymar haqida unutgani yo‘q.
2013 yilda Kataloniya klubi sobiq rahbari Sandro Rosel Peresga Neymarni xarid qilishda halaqit qilganini "Qirollik klubi" prezidenti hozirgacha unuta olmaydi. Natijada braziliyalik ko‘k-anorranglilar safiga o‘tdi, PSJ esa yozgi transfer oynasida uni 222 mln. yevroga sotib oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Peres Neymarning otasi bilan uchrashib, futbolchining "Real"ga o‘tishi haqida muzokara o‘tkazdi. Florentino Peresning rejasiga ko‘ra, hujumchi Krishtianu Ronalduning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2021 yilda yakunlanishi bilan, Neymarni jamoaga olib kelish. Biroq "Real"dagilar transfer avvalroq amalga oshishiga qarshi emas.
PSJ o‘z navbatida Neymarni transferga qo‘ymoqchi emas. Parij klubi prezidenti Nosir Al-Helayfi o‘z xodimlariga braziliyalik o‘zini PSJda qulay his qilishini ta’minlashni buyurgan.
Neymarning Fransiya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar