15:06 / 09.11.2017
3 779

Karles Puyol kelajakda taklif bo‘lsa O‘zbekiston termasida ishlashi mumkinligini aytdi

Karles Puyol kelajakda taklif bo‘lsa O‘zbekiston termasida ishlashi mumkinligini aytdi
"Barselona" klubining sobiq himoyachisi Karles Puyol O‘zbekiston yoshlarga e’tibor qaratsa futbol bo‘yicha 2022 yili Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga chiqishi mumkinligini aytdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, bugun jahon futboli afsonasi Toshkentga yetib kelgan va matbuot anjumanida ishtirok etgan.

"Barchaga salom. Katta rahmat. O‘zbekiston futbol Federatsiyasiga rahmat aytaman. 2008 yil ham shu yerga kelgandim. O‘sha tashrif hamon xotiramda turibdi. Yana bir bor O‘zbekistonda ekanligimdan xursandman. O‘FF prezidenti janob Umid Ahmadjonov tufayli bu yerdaman. Garchi O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi mundialga chiqa olmagan bo‘lsa ham yaqin vaqt ichida bunga erishasizlar deb umid qilaman. Yoshlarga e’tibor qaratilayotgani ajoyib. Agar yoshlarga e’tibor qaratsanglar 2022 yilgi Qatardagi JChga chiqasizlar", — degan Karles Puyol.

Jurnalistlarning "bir kun kelib murabbiy bo‘lsangiz O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishingiz mumkinmi?" degan savoliga u "hozircha 40 yoshdaman. Murabbiylik litsenziyam ham yo‘q. Agar kelajakda taklif bo‘lsa balki O‘zbekistonda ham ishlarman. Barcha narsa bo‘lishi mumkin", deya javob qaytargan.

U O‘zbekistonga qisqa vaqtga kelganligini aytgan va dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni yemaganligini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karles Puyol kelajakda taklif bo‘lsa O‘zbekiston termasida ishlashi mumkinligini aytdi