Ayni paytda Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubini boshqarayotgan taniqli futbol mutaxassisi Mirjalol Qosimov O‘zbekiston milliy chempionatini kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval O‘FF hamda O‘zPFL tashkilotlari kelasi yildan Oliy Ligada 12 jamoa qolishi va shu jamoalar oldiga bir qancha shart qo‘yish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishgandi.
“Albatta, O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday o‘zgarishlarni to‘g‘ri deb o‘ylayman. Avvalambor, biz futbolchilar va murabbiylar futbolimiz rivoji uchun xizmat qilamiz.
Qolaversa, muxlislar uchun o‘ynaymiz. Futbolchilar ham bo‘sh stadionlarda emas, muxlislar to‘la stadionlarda jonini berib o‘ynagisi keladi.
Milliy chempionatimizda raqobatbardosh jamoalar qolib, shiddatli o‘yinlar ko‘proq bo‘lsa, bundan faqat futbolimiz yutadi.
Qolaversa, bu islohotlar, o‘zgarishlarning zamirida milliy terma jamoaga kuchli futbolchilar yetkazib berish maqsadi ham yotibdi. Milliy chempionatimiz kuchaysa, o‘z-o‘zidan terma jamoalarimiz ham kuchayadi.
O‘zbekiston professional futbol ligasi O‘FF va PFL tashkil qiladigan musobaqalarda ishtirok etish uchun professional futbol klublariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirdi.
Ushbu talablar stadionlarda barcha shart-sharoitlarning mavjud bo‘lishi, futbol maydonlarining sifati yaxshilanishi, yoritish uskunalarining belgilangan holatda bo‘lishi kabi jihatlardan iborat. Bu qarorlar ham futbolimiz rivojiga hissa qo‘shishiga shubha yo‘q”, deydi Mirjalol Qosimov.
Ma’lumot uchun, Mirjalol Qosimov 19 yillik futbolchilik faoliyatidan so‘ng, 2006 yil murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Qosimov murabbiylik faoliyatida O‘zbekiston terma jamoasini 2008–2010 va 2012–2015 yillar davomida boshqarib borgan.
O‘zbek futbolining afsonasi 2017 yildan boshlab, yana Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qaytdi va “qaldirg‘ochlar” Qosimov qo‘l ostida Oliy Liganing 28-turidan so‘ng 49 ochko jamg‘arib, 4-pog‘onani band etib turishibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi