10:07 / 16.11.2017
8 681

Murod Xonto‘rayev va boshqa MMAchilarimiz bir kunda jang o‘tkazadi

Murod Xonto‘rayev va boshqa MMAchilarimiz bir kunda jang o‘tkazadi
Qirg‘izistonda «WEF44 GLOBAL 10 Buyuk ipak yo‘lining jangchilari» xalqaro turnirida iqtidorli sportchimiz Murod Xonto‘rayev eng og‘ir vazn toifasida «WEF – 2017» kamari uchun o‘tkaziladigan jangda rossiyalik Konstantin Andreysev bilan raqobatlashadi.

«WEF GLOBAL»ning amaldagi chempioni hamyurtimiz Nursulton Roziboyev o‘rta vazn toifasida qirg‘izistonlik Erbolot Omurzoqovga qarshi bellashadi.

O‘ta og‘ir vaznda mezbonlar vakili Nurlan Toktoboqiyev tajribali sportchimiz Azamat Bahodurzoda bilan, hamyurtimiz Islombek Kamoliddinov qirg‘izistonlik Altinbek «Oltin» Mamashevga qarshi raqobatlashadi.

Shuningdek, sportchilarimizdan Sirojiddin Eshonboyev qirg‘izistonlik Rinat Sayakbayev bilan bahslashsa, Mirtolip Xo‘jayev mezbon sportchisi Ramazan Nikaramazanov revansh jangini o‘tkazadi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murod Xonto‘rayev va boshqa MMAchilarimiz bir kunda jang o‘tkazadi