
Eronlik ayollarga og’ir atletika bo’yicha halqaro musobaqalarda qatnashish uchun ruxsat berildi va mahalliy federetsiya ayollar qo’mitasini tuzdi, deb yozadi “Sport-express.ru” nashri. Eronlik ayol sportchilar turnirlarda maxsus liboslar kiygan holda ishtirok etishlari tahmin qilinmoqda.
Eslatib o’tamiz, Eronda istiqomat qiluvchi ayollarga og’ir atletika bilan shug’ullanish 1983 yildan buyon ta’qiqda edi. Sportning ushbu turi esa 2000 yilda Olimpiya o’yinlari tarkibiga kiritilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar