Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘istonning qaysi klubini boshqaradi?

Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘istonning qaysi klubini boshqaradi?
Kecha “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘istonda ish boshlashi mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgandik.

38 yoshlik mutaxassis Qozog‘iston Premyer-Ligisi klublaridan biri bilan muzokaralar olib borayotgani ammo aynan qaysi jamoa aloqaga chiqqani noma’lum edi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz Qozog‘istonning “Tobol” klubini boshqarishga yaqin. Agar Baqoyev Premyer-Ligaga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, “Buxoro” klubida unga yordamchilik qilgan Baxtiyor Ashurmatovni ham o‘zi bilan birga olib ketishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz Qozog‘istonda 4 marta chempionatning eng yaxshi to‘purari, 2 bor "Sports.kz" talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. “Tobol” klubi bilan 2010 yil Premyer-Liga, 2017 yil esa Qozog‘iston Kubogi va Intertoto Kubogini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar