16:17 / 08.12.2017
6 631

Milliarder Alisher Usmonov Rossiya bayrog‘i va madhiyasi haqi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ochiq xat yozdi

Milliarder Alisher Usmonov Rossiya bayrog‘i va madhiyasi haqi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ochiq xat yozdi
Milliarder Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 5 dekabr kungi qarori yuzasidan tashkilotga ochiq xat yozdi. Xat matni «Komsomolskaya pravda» nashrida e’lon qilindi, deb yozmoqda Daryo nashri.

XOQ prezidenti Tomas Bax nomiga yozilgan xatda Alisher Usmonov Rossiya madhiyasi va bayrog‘iga bo‘lgan cheklovni olib tashlashni so‘ragan. Rossiya delegatsiyasini Pxenchxan—2018 Olimpiadasidan, Rossiya olimpiya qo‘mitasini esa XOQ a’zoligidan vaqtincha chetlatgan tashkilot, doping masalasida aybdorligi yo‘q bo‘lgan rossiyalik sportchilarning qishki Olimpiadada ishtirok etish shartlarini bayon qilgandi. Unga ko‘ra, rossiyalik sportchilar olimpiya halqalari tushirilgan neytral bayroq ostida musobaqaga chiqishi mumkin bo‘lib, ehtimoliy g‘oliblikdan keyin Rossiya madhiyasi qo‘yilmasligi ta’kidlangandi.

Usmonovning iddaosiga ko‘ra, bu qadar kamsitilish olimpiya harakati g‘oyalariga mutlaqo ziddir. Doping masalasida aybdor deb topilgan sportchilar kasriga, bu mavzuda mutlaqo toza bo‘lgan sportchilar qolib ketmasligi kerak. Shundoq ham XOQ rossiyalik toza sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishi masalasini keragidan ko‘p qiyinlashtirgan bo‘lib, ular qolgan mamlakat sportchilari bilan teng imkoniyatda emasliklarini bayon qilgan.

Jumladan, qolgan mamlakat sportchilari Olimpiadaga bemalol tashrif buyurishi mumkin. Rossiyalik toza sportchilar esa avval XOQ maxsus komissiyasining qarorini oylab kutishlari kerak. Undan keyin rossiyalik sportchilar o‘zlarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan Milliy olimpiya qo‘mitasi ko‘magidan chetda qoladi. Bular yetmaganidek, ular o‘z bayroqlarini osmonda ko‘rish va o‘z madhiyalari ostida maydonga chiqish baxtidan ham mosuvo qilinmoqda.

Aybsizlar tiz cho‘ktirilishi kerak emas. Bu haqiqat normalariga zid borish hamda inson manfaatlarini oyoqosti qilishdir. Axir sportchi o‘zining butun bir hayotini qandaydir onlarda hilpirab turadigan bayrog‘i va bir ongina qo‘yib eshittiriladigan madhiyasi uchun fido qiladi. Bu onlarning uning hayoti Everestidir.

Alisher Usmonov, rossiyalik milliarder


Rossiyalik milliarder aybdor deb topilgan sportchilarning jazolanishiga qarshi emas. U shunchaki beayblar buning kasriga qolib ketmasligini istaydi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin XOQ qarori va Olimpiada—2018 ga nisbatan boykot e’lon qilmasligini, unda ishtirok etishni istagan rossiyalik sportchilar uchun eshiklar ochiq ekani haqida aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliarder Alisher Usmonov Rossiya bayrog‘i va madhiyasi haqi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ochiq xat yozdi