Angliya chempionatining 16-turida «Chelsi» «Vest Hem»ga qarshi o‘ynadi. «Boleyn Graund»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 6-daqiqasida Marko Arnautovich tomonidan urilgan gol David Moyes jamoasiga g‘alabani taqdim etdi.
E’tiborli jihati, bungacha Devid Moyes amaldagi chempionlarga qarshi boshqarayotgan jamoasi uyida o‘tkazgan so‘nggi beshta uchrashuvning 4tasida g‘alaba qozongandi. Endi bu statistika yanada yaxshilandi. Eng qizig‘i raqiblarning uch nafar italiyalik murabbiylar Karlo Anchelotti, Roberto Manchini va Klaudio Raneri bo‘lgan, ular qatoriga endi Antonio Konte qo‘shildi.
«Bolg‘achilar» uchun bu APL doirasida oxirgi 8 o‘yindagi ilk g‘alaba bo‘ldi. Oxirgi marta «Vest Hem» premer-liga o‘yinida 30 sentyabr kuni g‘alaba qozongandi, o‘shanda «Vest Bromvich» kichik hisobda mag‘lub etilgan.
Bu natijadan so‘ng, «Vest Hem» ochkolari sonini 13taga yetkazdi va turnir jadvalida 18-o‘ringa joylashdi, kutilmagan mag‘lubiyatdan keyin Antonio Konte shogirdlari hozircha 32 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Bu turda «Liverpul» o‘z o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozonsa, «Chelsi»ni quvib o‘tishi mumkin.
Angliya chempionati
16-tur
Vest Hem – Chelsi 1:0
Gol: 1:0 – 6 Arnautovich.
Vest Hem – Adrian, Ogbonna, Kressuell, Masuaku, Rid, Antonio, Lansini, Nobl, Obiang, Arnautovich (Sako, 69), Sabaleta.
Chelsi – Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso (Mozes, 55), Aspilikueta, Azar, Fabregas, Kante, Bakayoko (Pedro, 46), Dzappakosta (Villian, 64), Morata.
Ogohlantirishlar: Arnautovich (7), Alonso (18), Adrian (58), Rid (67), Kressuell (68), Obiang (70). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi