
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arumning ma’lumotiga ko‘ra, boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasidagi jahonning sobiq chempioni Menni Pakyao navbatdagi jangini Meksikada o‘tkazadi. Bellashuv kelasi yilning aprel oyiga rejalashtirilgan.
Filippinlikning ehtimoliy raqibi sifatida meksikalik Karlos Okampo (22-0, 13 KO) tilga olinmoqda. U hali biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Pakyao uchun bu iyul oyida avstraliyalik Jeff Xornga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘tkaziladigan ilk jangga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pakyao Filippin armiyasi polkovnigi unvonini olgani haqida xabarlar tarqagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar