Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun, 14 dekabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida futbol bo‘yicha 2017 yilning “Eng yaxshilari” taqdirlanishdi.
Unga ko‘ra, yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev e’tirof etilgan bo‘lsa, yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Lokomotiv” klubi hujumchisi Marat Bikmayev tilga olindi.
Shuningdek, taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi ayol futbolchisi ham taqdirlandi. Ya’ni ushbu nominatsiyada “Metallurg-W” klubi a’zosi Lyudmila Karachik g‘olib chiqdi.
Bundan tashqari, “O‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi xorijlik murabbiy” sifatida chempion bo‘lgan “Lokomotiv” klubi emas balki “Paxtakor”ni boshqarayotgan gruziyalik murabbiy Shota Arveladze e’tirof etildi.
Demak, O‘FF yilning eng yaxshilar sifatida quyidagi sportchilari, klublari va fan klublarini taqdirladi.
O‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi xorijlik murabbiy – Shota Arveladze (“Paxtakor”).
Yilning eng yaxshi jamoasi - “Bunyodkor” yoshlar jamoasi (chempion).
Eng yaxshi futbol akademiyasi - “Nasaf”.
Eng yaxshi muxlislar klubi - “Qo‘qon-1912” jamoasi fan-klubi.
Eng yaxshi yosh futbolchi — Igor Chikrizov (“Paxtakor”).
Yilning eng yaxshi futzalchisi – Konstantin Sviridov (“Olmaliq”).
Yilning eng yaxshi klubi – “Lokomotiv” PFK.
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi - Lyudmila Karachik (“Metallurg-W”).
Yilning eng yaxshi murabbiyi – Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”).
Fair Play sovrini - “Qo‘qon-1912” jamoasiga taqdim etildi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi – Marat Bikmayev (“Lokomotiv”).
Ta’kidlab o‘tish joiz, mazkur marosimda O‘zbekistonning bir qator shou-biznes vakillari ham ishtirok etishdi. Jumladan, Ulug‘bek Rahmatullayev, Afruz guruhi, “VIA Marokand” guruhi, DJ Piligrim, Saida , Sardor Rahimxon, Shaxriyor, Munisa Rizayeva hamda sharhlovchilar Davron Kabulov va Davron Fayziyevlar ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun, O‘FF 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini milliy chempionatda ishtirok etayotgan klublar bosh murabbiylari va sardorlari ovoz berish yo‘li bilan aniqladi.
Ya’ni o‘zgacha yo‘nalish va o‘zgacha taqdirlash marosimi. Umuman olganda bugungi kechaga tashrif buyurgan barcha ishtirokchi O‘FF tashkilotchiligida o‘tgan tadbirdan ko‘ngli to‘ldi.
Taqdirlash marosimida viloyat futbol federatsiyalari ma’sullari, milliy chempionatda ishtirok etayotgan klublar rahbarlari, futbolchilar, murabbiylar, futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, O‘zbekistondagi chet el davlatlarining elchixonalari, turli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, tomoshabinlar va ishtirokchilarga O‘FF tomonidan maxsus to‘p hamda “Joma” futbolkalari sovg‘a tariqasida taqdim etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi