22:15 / 21.12.2017
3 426

Fazliddin G‘oibnazarov o‘z jangi bekor bo‘lganiga izoh berdi

Fazliddin G‘oibnazarov o‘z jangi bekor bo‘lganiga izoh berdi
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarovning Stiven Ortizga qarshi jangi Top Rank menejerlari talabiga ko‘ra qoldirilgan. Bu haqda G‘oibnazarovning o‘zi KUN.UZ‘ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Mashg‘ulotlar yaxshi kechayotgandi. Jangga ikki hafta qolganda o‘ng qo‘limdan jarohat oldim. 2014 yilda qo‘lim chiqib ketgandi. O‘sha jarohat yana qaytalab qo‘lim og‘rib qoldi. Menga qolsa bir qo‘limda bo‘lsa ham jang qilmoqchi edim. Albatta hozir bir qo‘lim bilan deganimda ham, jang bo‘lsa baribir og‘riyotgan qo‘limni ham ishlatgan bo‘lardim. Ammo menejerlar yaxshisi to‘liq sog‘ayib olishimni, ularga mening sog‘lig‘im kerakligini aytishdi. Shu sabab bilan jang bizning tomon talabi bilan bekor bo‘ldi.

2018 yilning yanvaridan yana mashg‘ulotlarga qaytaman. Mart oyining o‘rtalarida jangga tushmoqchiman. Hozircha jang qilish uchun ikkita aniq variant chiqib turibdi. Jang yo Dubayda bo‘ladi yoki Nyu-Yorkda. Raqibga keladigan bo‘lsak, o‘sha Stiven Ortiz variantida to‘xtab turibmiz. Agar u oldinroq jang o‘tkazib qo‘ysa, balki boshqa raqib bo‘lishi ham mumkin», degan G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov va Ortiz o‘rtasidagi jang 2017 yilning dekabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Bungacha 9 dekabrda bo‘ladigan jangdagi raqiblar uch marta almashgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov o‘z jangi bekor bo‘lganiga izoh berdi