
“Atletiko” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann France Football nashri uchun yilning eng yaxshi besh nafar fransuz futbolchisiga ovoz berdi.
Ispaniya OAVlarida yozilishicha, madridliklar hujumchisi ro‘yxatning 1-pog‘onasiga “Monako” hujumchisi Lemarni joylashtirgan. Qizig‘i shundaki, “Real” safida joriy mavsumda beshta sovrin yutgan Karim Benzema Grizmanning ro‘yxatidan joy olmagan.
Garchi Grizmann ovoz bermasada, Karim Fransiyaing eng yaxshi futbolchisi so‘rovnomasida kuchli uchlikdan joy olishi kutilmoqda. Ovoz berish yakunlari 26 dekabr kuni e’lon qilinadi.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar