31 dekabr kuni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Jamshid Najmiddinov professional boksning yarim-o‘rta vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Jamshid Najmiddinov Qozog‘istonning Olmaota shahrida WFA (World Fighting Assotiation) kamari uchun indoneziyalik Xero Titoga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang davomida raqibidan ustun ekanini isbotlay olgan Jamshid Najmiddinov, yakunda o‘z vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.
«Olamsport» nashri ma’lumotiga ko‘ra, Bokschi professional ringda hozirga qadar 17ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 16tasida raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. O‘z faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni o‘zbekistonlik sportchi o‘tgan yilning 16 sentyabr kunida Ukraina poytaxti Kiyevda qabul qilib olgandi. Hakamlar o‘shanda WBC chempioni Viktor Postolni g‘olib deb e’lon qilishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi