
«PSJ» hujumchisi Neymar 2017 yil yakuniga ko‘ra, «Oltin samba» mukofotini oldi.
25 yoshli hujumchi uchinchi marta (2014, 2015, 2017) nufuzli sovrinni qo‘lga kiritib, vatandoshi va «Pari Sen-Jermen» klubidagi jamoadoshi Tiago Silva (2011-2013) bilan tenglashib oldi.
Ma’lumki, bu mukofot Yevropada to‘p suradigan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga topshiriladi. G‘olib jurnalistlar, muxlislar va sobiq futbolchilar tomonidan aniqlanadi.
Bu yilgi so‘rovnoma natijalari quyidagicha bo‘ldi: Neymar (27,71%), Filippe Koutino («Liverpul», 16,64%), Marselo («Real», 14,43%), Paulino («Barselona», 13,64%) va Kazemiro («Real», 7,19%).
Ta’kidlash joizki, muxlislar orasidagi so‘rovnomada Paulino (31,83%), sobiq futbolchilar so‘rovnomasida Neymar (39,39%), jurnalistlar orasidagi so‘rovnomada Marselo (30,30%) g‘olib bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar