10:30 / 06.01.2018
9 602

"Paxtakor"ning yangi stadioni uchun 10 ta kompaniya o‘z loyihalarini berdi

"Пахтакор"нинг янги стадиони учун 10 та компания ўз лойиҳаларини берди
"Paxtakor" klubi rahbariyati yangi stadionni qurish uchun kompaniyalar tomonidan taklif etilgan loyihalarni o‘rganib chiqishni davom ettiryapti. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Hozirgi kungacha 10 kompaniya o‘z loyihasini taqdim qilgan:

1. Arena.com (Germaniya) – loyihalari: «Zenit Arena», «Maksimir».
2. Oberhofer (Avstriya) – loyihalari: «Bunyodkor stadioni», «Forumlar saroyi» (O‘zbekiston).
3. Arena loyiha instituti (Rossiya) – loyihalari: «SSKA», «Lokomotiv», Sochi markaziy olimpiya stadioni (Rossiya).
4. Akay Constractions (Turkiya) – loyihalari: «Antalya Stadium», «Fenerbahce» (Turkiya).
5. Ronesans Proje (Turkiya) – loyihalari: «Treblus» (Xorvatiya).
6. Siemens (Germaniya) – loyihalari: «Lujniki», «SSKA», «Fisht», «Krasnodar», «Axmat Arena» (Rossiya).
7. Saraiva Associados (Portugaliya) – loyihalari: «Baghdad Stadium» (Iroq), «Naval Maio Soccer Stadium» (Portugaliya).
8. Magnum (Rossiya) – loyihalari: «Krilatskoye» sport tayyorgarlik markazi, Irina Viner-Usmonova xalqaro sport akademiyasi (Rossiya).
9. Sepeco Construction (Turkiya) – loyihalari: sanoat ob’ektlari, mehmonxona majmualari.
10. Meinhardt (Singapur) – loyihalari: «Al-Sunbula Stadium» (Iroq), Quvayt olimpiya qishlog‘i, «Baghdad Arena» (Iroq).
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" rasmiy saytida xalqaro tanlov e’lon qilingandi. Yakunda biz unda ishtirok etish uchun bir necha arizalar qabul qildik.

Yaqin vaqt ichida klub rahbariyati yangi stadion qurilishi loyihasi uchun eng yaxshi variantni tanlab oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning yangi stadioni uchun 10 ta kompaniya o‘z loyihalarini berdi