Xabaringiz bor, bir necha hafta oldin O‘zbekiston chempionatining 10 karra chempioni Timur Kapadze o‘z faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. Qozog‘istonning eng ko‘zga ko‘ringan nashrlaridan biri ushbu mamlakat futbolida yaxshi iz qoldirgan Timur Kapadze bilan intervyu uyushtirdi. Qozog‘istonlik muxlislar ushbu futbolchini yaxshi tanishadi. U o‘z vaqtida “Aktobe”ning yorqin yulduzlaridan biri edi.
- Timur siz bir necha hafta oldin butsangizni mixga osdingiz. Bunga nima sabab bo‘lganini ayta olasizmi?
- Shuni aytishim lozimki, bir kun kelib har bir futbolchi ushbu masala bilan yuzma-yuz keladi, bugun bo‘lmasa, keyingi yil. Menga bu qarorni qabul qilish, albatta, qiyinchilik tug‘dirdi, ammo o‘ylashimcha bu yoshga yetgan futbolchi o‘sishni to‘xtatadi. Biz buni tan olamizmi, yo‘qmi, bu yoshga kelib o‘yinchi sog‘lik, tiklanish va zahira o‘rindig‘idan joy olish kabi muammolarga duch keladi.
Men o‘z faoliyatimni yaxshi ruhda, ya’ni, O‘zbekiston chempioni va Kubogi sohibi sifatida yakunladim. Hozirda mening oldimda murabbiylik sir-asrorlarini o‘rganish turibdi. Bilaman bir jamoani boshqarish oson ish emas, natijani – vaqt ko‘rsatadi.
- Qaysi jamoada o‘z faoliyatizni davom ettirasiz?
- Toshkentning “Lokomotiv” klubi rahbariyati menga klubni tark etmasiligimni va murabbiylar shtabidan bosh murabbiy o‘rinbosari lavozimini taklif qildi. Shuni aytishim kerakki, xozirda men B va C toifadagi litsenziyaga egaman.
- Faoliyatingizni yakunlashingiz bilan birgalikda o‘zbek futbolining bir davri tugayotganini his etyapsizmi, guvohi bo‘layotganingizday hozirda o‘zbek futboliga tubdan o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Va bu islohotlar bo‘yicha fikringiz bizni qiziqtiradi?
- Bunday his menda aslo yo‘q. Islohotlar haqida o‘z fikrimni aytish men uchun qiyin, agar ushbu o‘zgarishlar bizning sportni yuqori darajaga ko‘tarsa, men bag‘oyat xursand bo‘lardim.
- Qozog‘iston futbolini kuzatib borasizmi? “Aktobe”da 3 yil faoliyat olib borgansiz, ushbu jamoadagi vaziyat haqida nima deya olasiz?
- Albatta, Qazog‘iston futboli, “Aktobe”ga ham qiziqishim katta. Xabaringiz bor, oxirgi yillarda u jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda, jamoa ustozlari ketma-ket almashyapti, yangi futbolchilar kelib qo‘shilmoqda, bu omillar, albatta, klubga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘ylashimcha, har bir jamoa har tomonlama barqaror bo‘lishi lozim. Murabbiylarni ketma-ket har yil almashtirish maqsadga muvofiq harakat deb o‘ylamayman. Har bir mutaxassisga jamoaga moslashishi uchun vaqt kerak va futbolchilar o‘rtasida do‘stona aloqa, o‘zaro tushunish yuqori darajada bo‘lishi shartdir.
- Qozog‘iston chempionatida ikki yarim mavsum o‘tkazganingizni qanday baholaysiz?
- Bilasizmi, natijalar bo‘yicha baholay olaman. O‘sha ikki yarim mavsumda men 5 turnirda yuqori pog‘onalarni qo‘lga kiritdim. Qozog‘iston chempionatida oltin, kumush va bronza, Qozog‘iston Super kubogi va finalda o‘ynaganim uchun medalni qo‘lga kiritganman. O‘sha davrda “Aktobe” kabi jamoada o‘ynaganimdan va ajoyib muxlislarning olqishiga sazovor bo‘lganimdan xudoga shukur qilaman.
- Siz bilan birga “Aktobe”ga o‘tgan Aleksandr Geynrix haqida nima deya olasiz, u hali ham faoliyatini tugatgani yo‘q. U qachon o‘z faoliyatini yakunlaydi?
– Bu Sashaning o‘ziga, ya’ni jismoniy va ma’naviy tayyorgariligiga bog‘liq. U ajoyib futbolchi, unga omad tilayman.
- O‘zbekiston OAVdan biri hisoblangan SPORTS.uz sayti bir necha kun oldin “Buxoro” FK o‘yinchisi Ivan Nagayevning Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqatgan, bu haqida nima deya olasiz?
- Nagayevni yaqindan bilaman – u tezkor hujumchi. Nagayev ko‘chib o‘tishi, albatta, uning o‘ziga bog‘liq. Agar uning o‘yin uslubi jamoaga to‘g‘ri kelsa, Ivan Nagayevning qo‘lidan hamma narsa keladi.
- O‘tgan kuz mavsumida O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Bunday bahs bo‘lib o‘tishi mumkinmi?
- Bu yaxshi fikr deb o‘ylayman. Birinchi navbatda bunday bellashuvlar bizga futbolimiz o‘rtasida aloqalarni mustahkamlaydi. Albatta, bunday uchrashuvni bo‘lib o‘tishi mumkin, ammo buni futbol Federatsiyalar xohlashi kerak.
- Qozoqistonlik muxlislarga 2018 yilga qanday tilaklar tilaysiz?
- Hammaga sixat-salomatlik, baxt va omad tilayman. 2018 yil hammamiz uchun omadli bo‘lsin.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi