12:30 / 11.01.2018
4 829

Umid Ahmadjonov: Odil Ahmedov kabi futbolchilar "Navbahor", "Andijon", "Neftchi" va "Qo‘qon-1912" kabi klublarda o‘ynaydilar

Умид Аҳмаджонов: Одил Аҳмедов каби футболчилар "Навбаҳор", "Андижон", "Нефтчи" ва "Қўқон-1912" каби клубларда ўйнайдилар
O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun, 11 yanvar kuni Farg‘ona viloyati futbol federatsiyasini o‘rganish uchun Farg‘onaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida viloyat FFning faoliyati o‘rganiladi.

Shuningdek, “Oltin vodiy” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlab olib boriladi. Bu haqda O‘FF rahbari quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Vodiyda 10 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Yuz minglab yoshlarga yuqori sifatdagi futbol to‘garaklari kerak. Vodiyga qilayotgan katta tashrifimiz davomida bu yerdagi muammolarni chuqur o‘rgangan holda, "Oltin vodiy" loyihasi asosida maxsus dasturni ishlab chiqamiz.

Istardimki, bu loyihani butun vodiy qo‘llab-quvvatlasa. Bolalar futboli katta vaqtni oladigan loyiha, lekin bu ishni bugun boshlamasak, har bir o‘tayotgan yil bizni bir yilga kechiktiraveradi. Bu loyihamizni mahsulini 6-7 yil ichida ko‘ramiz, shunda Odil Ahmedov kabi futbolchilardan bir necha nafari "Navbahor", "Andijon", "Neftchi" va "Qo‘qon-1912" kabi klublarda o‘ynaydilar.

Vodiy ligasi esa, mahalliy xalq uchun katta sovg‘a bo‘ladi deb o‘ylayman. Shu yo‘l orqali Shahrixon va Kosonsoy kabi hududlarga yana katta futbolni qaytaramiz. Futbolga shinavanda xalq uchun ishlasak, terma jamoamiz uchun ham yaxshi bo‘ladi, - deydi O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov: Odil Ahmedov kabi futbolchilar "Navbahor", "Andijon", "Neftchi" va "Qo‘qon-1912" kabi klublarda o‘ynaydilar