“Dakar” rallisida yuz bergan avariyalar (video)

“Dakar” rallisida yuz bergan avariyalar (video)
Janubiy Amerikaning uchta davlati – Peru, Boliviya va Argentina hududlari bo‘ylab o‘tayotgan 2018 yilgi “Dakar” rallisining yarmiga kelib, ishtirokchilarning 25 foizi poygani tark etishga majbur bo‘ldilar.

Rallining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, poyganing ilk 6 bosqichidan keyin uni 29 mototsiklchi, 8 kvadratsiklchi, 31 ta yo‘ltanlamaslar ekipaji va 14 ta yuk mashinalari ekipaji tark etdi.

Rallidan Sebastyan Leb va Sergey Karyakin kabi favoritlar hamda “Chelsi”ning sobiq murabbiyi, “Dakar”da birinchi bor ishtirok etgan Andre-Vilash Boash chiqib ketdilar.

7-bosqich 13 yanvarda boshlandi. Poygachilar La Pasdan Uyuniga qarab yo‘l oldilar. Trassa uzunligi 727 km.ni tashkil qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar