19:07 / 14.01.2018
5 173

U-23 terma jamoamiz Ummonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi

U-23 terma jamoamiz Ummonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi
Xitoyda davom etayotgan U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan Jiyangyin shahriga yetib bordi va Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan o‘zining ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Ta’kidlash lozim, terma jamoa bugun to‘liq tarkibda mashg‘ulot o‘tkazdi. Ilk uchrashuvdagi jarohati tufayli Xitoyga qarshi 2-turda maydonga tusha olmagan terma jamoa himoyachisi Akrom Komilov ham bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi va yakka tartibda shug‘ullandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlari Xitoyga qarshi uchrashuvdagi g‘alabadan so‘ng, ayni damda turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Qatar yoshlar terma jamoasi ikkita g‘alabadan so‘ng 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Ummon yoshlar terma jamoasiga qarshi "A" guruhi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuv 15 yanvar kuni o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 terma jamoamiz Ummonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi