5 918
Samvel Babayan Jahon Chempionatiga qay tariqa chiqa olmaganini «Spartak» muxlislariga aytib berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Moskvaning «Spartak» klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Xabarda aytilishicha, Babayan bejizga «Spartak»ning Dubaydagi mashg‘ulotlarini kuzatib bormayapti. U bosh murabbiy Massimo Karreraning ish uslubini o‘rganmoqda. Bunda sodiq yordamchisi Grigoriy Kolosovskiy Babayanga ko‘maklashmoqda.
Biz Rossiyadagi Jahon Chempionatida o‘ynashimiz mumkin edi. Bizni undan faqatgina 1 ta gol ajratib qoldi, xolos. Biz o‘sha golni koreyaliklar darvozasiga urishga urindik. Biroq o‘yinda hisob ochilmadi. Nima ham qilardik, endi o‘qishni davom ettirish va murabbiylikdagi bilimlarni oshirish uchun imkoniyat bor.
«Spartak» matbuot xizmatining qayd etishicha, Babayan o‘zbekistonliklar mundialdan chetda qolgani haqida aytayotgan vaqtida xo‘rsinib qo‘ygan.
Murabbiy fikriga ko‘ra, «Spartak» Rossiyaning amaldagi chempioni va mamlakatning eng oldi jamoasi. Babayan shuning uchun ham tajriba o‘rganish uchun aynan Moskva klubini tanlab olgan. Qolaversa, Massimo Karreraning italiyalik ekani esa butun dunyoga mashhur o‘yin uslubi haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilish uchun kerak bo‘larkan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi