5 802
Osiyo Chempionati U23. Chorak finalda O‘zbekistonga Yaponiya duch kelgani yaxshimi yoki KXDR?
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida chorak finalga yo‘l olgan O‘zbekiston termasi navbatdagi raqibini bugun — 16 yanvar kuni bilib oladi.
Reglamentga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar yarim final yo‘lida «B» guruhini peshqadam sifatida yakunlagan termaga qarshi saf tortishi kerak. Ayni vaqtda bu zonada yaponiyalik futbolchilar 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 2-o‘rinda borayotgan KXDR hisobida esa 4 ochko mavjud.
Toshkent vaqti bilan 13:00 da ikki prinsipial raqib — KXDR va Yaponiya o‘zaro maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoaning bo‘lajak raqibi nomiga oydinlik kiritib berishi bilan ham ahamiyatlidir.
Musobaqani Qatardan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlab, keyingi ikki o‘yinda zafar quchgan O‘zbekiston termasining chorak finaldagi o‘yini 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi