16:03 / 19.01.2018
5 672

“Uzbek Tigers” dastlabki jang uchun tarkibni e’lon qildi

“Uzbek Tigers” dastlabki jang uchun tarkibni e’lon qildi
Ma’lumki, joriy yilning fevral oyidan boshlab Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumiga start beriladi.

Ushbu mavsumda “Uzbek Tigers” jamoasi “Cuba Domadores” (Kuba), “Colombia Heroicos” (Kolumbiya) va “Caciques de Venesuela” (Venesuela) bokschilari bilan kuch sinashadi.

Jamoamiz ilk jangda 10 fevral kuni kubalik bokschilarni qabul qiladi. Ushbu jangda ringga chiqadigan bokschilar bilan tanishing:

57 kg: Jasurbek Latipov;
60 kg: Shunqor Abdurasulov;
69 kg: Mahmud Gaipov;
81 kg: Sanjar Tursunov;
+91 kg: Bahodir Jalolov.

O‘tgan mavsum “Uzbek Tigers” guruhda Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston jamoalari bilan kuch sinashgan. Chorak finalda “Cuba Domadores” jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, guruhdagi ikkinchi uchrashuv ham Kuba jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Janglar 23 fevral kuni safarda bo‘lishi rejalashtipilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Uzbek Tigers” dastlabki jang uchun tarkibni e’lon qildi