date
views 4 129

Tailandlik sportchi Anvar Boynazarovni yarim finalda to‘xtatdi

Tailandlik sportchi Anvar Boynazarovni yarim finalda to‘xtatdi
Xitoyning Kunmin shahrida kikboksing bo‘yicha “EM LEGEND 27” turnirining yarim finalida ishtirok etgan hamyurtimiz Anvar Boynazarov zafarli yurishini yarim finalda to‘xtatdi.

Yakkakurash jang san’atlari ustasi mazkur bosqichda muay tay vatani hisoblanmish Tailand vakili Manas bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan jangning ilk raundlarida ustunlikka ega bo‘lgan Manas jang g‘olibligini va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi g‘olib sportchi ikkinchi yarim final juftligida Chang Chenglong (Xitoy) va Senmane (Tailand) g‘olibi bilan chempionlik uchun kurash olib boradi. Ushbu jang ham bugun bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tailandlik sportchi Anvar Boynazarovni yarim finalda to‘xtatdi
-->