5 679
O‘FFning yangi prezidenti Ochilboy Ramatov: "Ishni quyi pog‘onadan, xududlardan boshlash lozim"
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov yig‘ilishi davomida ma’ruza qilib o‘tdi.
«O‘zbekiston futboli boshqalardan kam bo‘lmagan tarixga ega. 1912 yilda Qo‘qonda ilk futbol jamoasi tashkil topgan. Demak, futbolimiz tarixi o‘sha vaqtga borib taqaladi. Hozir dunyoning ko‘plab davlatlari futboli, masalan arab o‘lkalarida futbol rivojlanib ketdi. Ammo o‘sha vaqtlarda ular futbol nimaligini bilganmi? Yo‘q. Biroq futbol rivoji uchun astoydil ish olib borishdi va dunyo darajasiga chiqa olishdi. Biz esa ortga ketdik.
Har bir muxlis O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan natija so‘rashga haqli. Xalqning bunga haqqi bor. Ilgari stadionlarga muxlislar ko‘p kelar edi, ammo hozir hammasi o‘zgarib ketdi. Poytaxtda stadionlar huvillab qoldi. Bunga sabab sifatida ko‘ngilochar joylar ko‘pligi aytiladi. Ammo viloyatlarda ham bor ko‘ngilochar joylar, ammo ular stadionga keladiku! Agar stadionda ishqiboz bo‘lmasa, biz ham bo‘lmasligimiz kerak. Asosiy maqsad — xalq uchun ishlash. Teatrga tomoshabin kelmasa, spektakl qo‘yiladimi? Bizda ham shunday bo‘lishi kerak.
«Paxtakor»ga kelgan 55 ming muxlis qani? Bizda hozir futbol yo‘q, balki boshqacha «o‘yinlar» bor. Oxirgi vaqtda birozgina tartib o‘rnatilgan edi, mana natija ham yaxshilanmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘FF bundan buyon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi deb nomlangani ma’lum qilindi. Konferensiyada Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti etib saylandi.
Manba: xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...