
Qaydnomaga ba’zi futbolchilarni kiritmaganimdan afsusda emasman...
«Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Kubogi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Leganes»ga (1:2, 1:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Sizning «Real»dagi kelajagingiz «PSJ»ga qarshi o‘yinga bog‘liq deb aytsa bo‘ladimi?
– Ha, bu ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Men murabbiyman va natijaga men javob beraman. Ushbu vaziyatdan chiqib ketish uchun yo‘l topishim kerak. Men jamoaga yaxshi bo‘lishi uchun har doim kurashaman va ishlayman.
Qaydnomaga ba’zi futbolchilarni kiritmaganimdan afsusda emasman, ularga hordiq kerak edi. Qog‘ozda bizning tarkib yetarlicha kuchli edi, ammo birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmadi», – deydi Zidan.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar