13:10 / 25.01.2018
5 454

O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov: «Bolalar murabbiyi 300 ming so‘mga kun ko‘ra oladimi?»

O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov: «Bolalar murabbiyi 300 ming so‘mga kun ko‘ra oladimi?»
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasida bolalar futbolidagi muammolarga atroflicha to‘xtaldi. Bu haqda tadbirda qatnashayotgan muxbirimiz xabar berdi.

— Bolalar murabbiyi 300 ming so‘m maoshga kun ko‘ra oladimi? Nima, uning og‘zi yo‘qmi, ovqat yemaydimi? Albatta, bu pul unga yetmaydi va yetmaganini ota-onalardan olishga harakat qiladi. Viloyatlarda hozir qanday futbolchilar yetishib chiqdi? Bu yog‘ini kim o‘ylaydi? Futbolchi hamma narsaga ega bo‘lishi lozim. U 30 yoshida futboldan ketgandan so‘ng nima qiladi? Viloyatlarda ham jismoniy tarbiya institutlari joriy qilish lozim. Ular bolalar bilan ishlashni o‘rgansin. Men buyuk futbolchi bo‘lmaganman, ammo biroz bo‘lsa-da, aralashganim tufayli bu gaplarni bilaman va sizga aytyapman, — dedi Ramatov.

— Biz muammolarni hal qilish uchun tanqidiy yondashib, chora-tadbirlar o‘ylab topishimiz kerak. Xorijdan murabbiylarni jalb etamiz. Katta pulga ishlaydigan nomdor murabbiylarni chaqirish shart emas. Ishiga yarasha maosh oladigan malakali mutaxassislar topish lozim. Bizda hamon «sovet maktabi» saqlanib qolgan. Yevropada futbolchi erkin o‘ynaydi, bemalol mas’uliyatni o‘ziga oladi. Bizda esa sobiq ittifoq davrida o‘rgatilgan futbol saqlanib turibdi. Tabiiyki, Ronaldu yoki Messidek futbolchi chiqishi qiyin. Jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirish oson emas. Buning uchun yoshlikdan ishlash kerak, — deya qo‘shimcha qildi yangi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov: «Bolalar murabbiyi 300 ming so‘mga kun ko‘ra oladimi?»