4 609
Ramatov: «Tadbirkorlarni qo‘rqitib, homiylikka majburlash yo‘li bilan futbolni ushlab turibmiz»
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yangi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi vaqtida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, tadbirkorlarni qo‘rqitish orqali majburiy homiylikni keskin tanqid qildi
«Kichik biznes xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini hokim chaqiradida, pul ber, bermasang yeringni tortib olamiz, do‘koningni olib qo‘yamiz deb qo‘rqitishadida, majburlab futbolga homiylik qildirishadi. Shu yo‘l bilan futbolni amallab ushlab turibmiz.
Futbol tashkiloti bu devonalik bilan shug‘ullanadigan tashkilot emasku? Sen 5 so‘m ber, sen 10 so‘m ber deb majburlash nimasi? Bu masalani hal qilish kerak? 16ta jamoani eplab ushlab tura olmaydigan davlat bu qanaqa davlat axir?
Futbol klublari byudjetini oshirib belgilash kabi holatlarni ham yig‘ishtirish kerak. Futbolchilarga katta oylik berishni ham to‘xtatish kerak», deya Ramatovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.Uz muxbiri. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...