16:56 / 25.01.2018
5 267

Ramatov «bobosidan keksaroq» futbolchi termada o‘ynatilavergani haqida gapirdi

Ramatov «bobosidan keksaroq» futbolchi termada o‘ynatilavergani haqida gapirdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari etib saylangan Ochilboy Ramatov terma jamoadagi vaziyatga to‘xtaldi.

U joylarda sport maktablarini rivojlantirish kerakligini ta’kidlagan.

«Murabbiylarga pul yo‘q. 300 ming so‘mga kim ishlaydi. U bechora esa shug‘ullanadigan bolalardan pul olmoqchi bo‘ladi. Axir u ham qorin to‘ydirishi kerakku?

Joylarda futbol maktablarini tiklashimiz kerak. Avval bitta kolxoz maktab qila olardi. Hozir viloyat bitta futbol maktabni ushlab tura olmaydi. Shu ishlarni qilmasak, natija bo‘lmaydi.

Ko‘p narsa yo‘qotdik. Maktablarni rivojlantirmasdan 45 yoshar futbolchini o‘ynatavermaymizku? 5-6 futbolchi bor, bo‘ldi shularni hamisha o‘ynataveramiz. Bitta sochsiz futbolchi borku, Geynrix. Olib kelaverishdi o‘sha cholni. O‘zi u bobomdan kattaku (kuladi).

Yosh o‘tishi bilan odam organizmi charchaydi, to‘g‘rimi? 40 yoshga chiqqan futbolchi yonidagi 20 yoshli futbolchi bilan yugura olmaydiku?

To‘g‘ri, futbolchi o‘zini ta’minlab olishi kerak. Uyi, bola-chaqasiga qarashi kerak. 30 yoshdan keyin futbolchilarga ish topib berishimiz kerak, institutlarda o‘qitishimiz, ulardan murabbiylar tayyorlashimiz kerak. Ular chet elda tajriba oshirib kelishi kerak. Bizga mingta, ikki mingta, besh mingta murabbiy kerak», degan Ramatov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramatov «bobosidan keksaroq» futbolchi termada o‘ynatilavergani haqida gapirdi