18:02 / 25.01.2018
4 063

Bert van Marveyk JCh-2018 ga Avstraliya termasini olib boradi

Bert van Marveyk JCh-2018 ga Avstraliya termasini olib boradi
Gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk futbol bo‘yicha Avstraliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Endilikda yashil qit’a termasi Rossiya—2018 mundialiga aynan uning boshqaruvida tashrif buyuradi.

Van Marveyk aslida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga mundial chiptasini taqdim etgan, biroq tushunarsiz sababga ko‘ra mamlakat futbol federatsiyasi bilan xayrlashgandi. Uning jamoasi saralashda aynan Avstraliyani ortda qoldirib ketgandi.

O‘z navbatida Avstraliya futbol federatsiyasi ham aynan shu sababni inobatga olgan. Aytilishicha, Avstraliyaga qarshi o‘yinlar oldidan gollandiyalik murabbiy raqiblarini yaxshilab o‘rgangan. Shundan kelib chiqib, u Avstraliya termasi haqida yaxshi tasavvurga ega. Shuningdek, murabbiy 2010 yilgi Jahon Chempionatida Gollandiya termasini finalga qadar yetaklab borgandi.

Avstraliya termasini mundialga Ange Postekoglu olib chiqqan. Biroq u pley-off raundini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Bunda avvaliga Suriya, keyinroq esa Gonduras ortda qoldirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritilmaganidayoq avstraliyaliklar Ange Postekogluni iste’foga chiqarishlarini ma’lum qilishgandi.

Avvalroq O‘FF O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod 9 inson ichida van Marveyk nomi ham borligi haqida aytgandi. Endi uning O‘zbekistonga kelmasligi aniq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bert van Marveyk JCh-2018 ga Avstraliya termasini olib boradi