O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘oliblari – O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolariga:
Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Barchangizni futbol bo‘yicha Yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining final bosqichida g‘oyat og‘ir va noqulay ob-havo sharoitida tom ma’noda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganingiz bilan o‘z nomimdan, ko‘pmillatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.
Sizlar qo‘lga kiritgan mislsiz bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.
El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o‘g‘lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.
Barchangizni bag‘rimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, jonajon O‘zbekistonimizning shon-shuhratini dunyoga tarannum etishda doimo yutuq va zafarlar yor bo‘lishini tilayman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Shavkat Mirziyoyev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi