12:02 / 28.01.2018
4 490

Tezkor xabar! Yangi mavsum Superligada 14ta jamoa ishtirok etishi mumkin

Tezkor xabar! Yangi mavsum Superligada 14ta jamoa ishtirok etishi mumkin
Xabaringiz bor bundan bir necha kun muqaddam PFL rasmiy saytida kelgusi yil O‘zbekiston Superligasida ishtirok etuvchi 12 ta klub nomi e’lon qilingan edi. Biroq, bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra yangi mavsumda ushbu klublar soni 14 taga yetkaziladi.

Aniqrog‘i, dastlabki 12 talik ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan “Mash’al” yana kuchlilar qatoriga qo‘shiladi. Bundan tashqari Samarqandning “Dinamo” klubi ham Superligada ishtirok etadi.

Lekin, ishtirokchilar soni ortgani sabab musobaqa yana eski formatda qoladimi yoki yangi formatda o‘tkaziladimi bu hozircha ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tezkor xabar! Yangi mavsum Superligada 14ta jamoa ishtirok etishi mumkin