4 609
Ravshan Haydarov: «Terma jamoa o‘yinining o‘zgarishi va chempion bo‘lishida Oqto‘ba fojiasi katta ta’sir ko‘rsatdi»
Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan poytaxtimizga yetib kelishdi. «Xabar.uz» muxbiri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarovdan ekslyuziv intervyu oldi.
— Osiyo chempionatida erishilgan tarixiy natija jamoamizning ahilligi, g‘alabaga chanqoqligi tufayli qo‘lga kiritildi, — deb aytdi Ravshan Haydarov. — Biz butun terma jamoa a’zolari — murabbiylar shtabi ham, futbolchilar ham bir maqsad yo‘lida harakat qildik. Final uchrashuvida so‘nggi zaxira imkoniyatidan foydalanishdan oldin oldimda ikkita yo‘l bor edi. Bittasi zaxira darvozabonni o‘yinga tushirib, penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rish yoki hujumchini maydonga tushirib, qolgan 2-3 daqiqa ichida gol urish. Men Allohga tavakkal qilib, ikkinchi yo‘lni tanladim va bu qarorim to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Muxbirimizning guruh o‘yinlaridagi sust, ishonchsiz o‘yinlardan futbolchilarimiz qanday qutulishdi, Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan fojia olimpiyachilarimizga qanday ta’sir ko‘rsatdi, ko‘pchilik ana shu voqeadan keyin yigitlar o‘zgardi deya taxmin qilishayapti, shu rostmi, degan savoliga quyidagicha javob berdi:
— Ushbu fojia barcha yurtdoshlarimiz kabi bizni ham larzaga soldi. O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov terma jamoaga ayni shu haqda maktub yo‘lladi. Biz bu xatni yigitlarga o‘qib berdik. O‘zim ham kutilmagan fojia oqibatida qurbon bo‘lganlar xotirasi uchun ham keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz shartligini ularga aytdim. Yigitlar ham ro‘y bergan fojiadan qattiq ta’sirlanishdi, so‘zlarimizning ahamiyatini yurakdan his qilishdi va buni maydonda isbotlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi