Bugun Qarshida "Markaziy" stadionda "Nasaf" va "Al-Faysali" jamoalari OChL pley-off o‘yinida maydonga tushishadi. Uchrashuvdan avval "Al-Faysali bosh murabbiyi Neboysa Yoyovich jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Biz Qarshiga Iordaniyadagi minglab muxlislarimizni xursand qilish maqsadida tashrif buyurdik.
Biroz qiyinchiliklar bilan Qarshiga ham yetib keldik, biz bugun imkon darajasida yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz va iordaniyalik futbol ishqibozlari uchun o‘ynaymiz.
Yusuf Ravshdeh: -Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, ishqibozlarimiz uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Xalil Baniatiyah: -Biz bugun Iordaniya uchun o‘ynaymiz. Bizni Qarshida munosib kutib olishdi, bizga ko‘rsatgan katta hurmat va ehtiromlari uchun “Nasaf” klubi rasmiylariga, jamoadoshlarim nomidan tashakkur bildiraman.
Neboysa Yoyovich:-Afsuski tarkibimizda yo‘qotishlar ham bor. 24 yanvar kuni “Al Yarmuk” bilan bo‘lgan uchrashuvda 9-raqamdagi o‘yinchimiz Axmad Hayol Ibrohim jarohat olgan. Bu futbolchimiz xizmatidan bugun foydalana olmaymiz. Biz bugun har qanday o‘yin jarayoniga tayyor holda maydonga tushamiz. Hammasi e’tiborga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar