20:31 / 30.01.2018
5 695

«Manchester Yunayted» klubi O‘zbekistonga keladi...

«Manchester Yunayted» klubi O‘zbekistonga keladi...
1979 yil 11 avgust kuni Toshkentning «Paxtakor» klubi aviahalokatga uchrab, o‘zbek xalqi o‘zining jonajon futbolchilaridan ayrilgan. Afsuski, bu futbol tarixidagi yagona aviahalokat emas.

O‘FA xabariga ko‘ra, bunday fojealar boshqa jamoalar bilan ham ro‘y bergan. Quyida aviahalokatga uchragan futbol jamoalari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

4 may 1949 yil —«Torino» (Italiya)
6 fevral 1958 yil — «Manchester Yunayted» (Angliya)
16 iyul 1960 yil — Daniya terma jamoasi
3 aprel 1961 yil — «Grin Kross» (Chili)
26 sentyabr 1969 yil — «Strongest» (Boliviya)
31 dekabr 1970 yil — «Eyr-Likvid» (Jazoir)
11 avgust 1979 yil — «Paxtakor» (O‘zbekiston)
8 dekabr 1987 yil — «Alyansa Lima» (Peru)
7 iyun 1989 yil — Gollandiya futbolchilari
27 aprel 1993 yil — Zambiya terma jamoasi
28 noyabr 2016 yil — «Shapekoense» (Braziliya)

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi aviahalokatga uchragan futbol jamoalari xotirasini yod etish maqsadida Xalqaro xotira turnirini tashkil etish g‘oyasini ilgari surgan.

Foto: O‘FA Matbuot xizmati

O‘FA «Manchester Yunayted»ning rossiyalik sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskisga qarashli «Xalqaro xayriya fondi» bilan hamkorlikda shu yilning iyul-avgust oylarida O‘zbekistonda Xotira turnirini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Mazkur musobaqaga aviahalokatga uchragan barcha jamoalar vakillari taklif etiladi va butun O‘zbekiston bo‘ylab ular bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi. Mazkur Xotira turniridan xayriya maqsadi ham ko‘zlangan bo‘lib, uchrashuvlardan tushgan mablag‘lar aviahalokatga uchragan futbolchilar oila a’zolariga taqdim qilinadi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» klubi O‘zbekistonga keladi...