
Shu yili futbol tarixida ilk bor FIFA World Cup™ tashkiliy qo‘mitasi tomonidan "Trophy Tour by Coca-Cola" aksiyasi doirasida yagona va takrorlanmas FIFA kubogi O‘zbekistonga olib kelinadi.
"Trophy Tour" doirasida yurtimizda matbuot-anjumani o‘tkaziladi va undan keyin Jahon kubogi keng jamoatchilikka namoyish etiladi.
"Trophy Tour by Coca-Cola" tadbiri har 4 yilda bir marta Jahon chempionatlari boshlanishidan oldin o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha Jahon chempionati sayohati esa Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarixda ilk bora bo‘lib o‘tadi.
Bu tarixiy voqea shu yilning 6 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘ladi.
Hurmatli futbol ishqibozlari!
Sizda "Coca-Cola"ning Facebook va Instgram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida o‘tkaziladigan onlayn-tanlovda 50ta chiptadan birini yutib olish imkoniyati bor!
Batafsil ma’lumotlarni tashkilotchilarning quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar