10:20 / 31.01.2018
3 519

OChL. «Paxtakor» safarda Sneyder to‘p surgan jamoaga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi (video)

OChL. «Paxtakor» safarda Sneyder to‘p surgan jamoaga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi (video)
OChL pley-off bosqichi doirasida «Paxtakor» Dohada «Al-G‘arafa» mehmoni bo‘ldi.

Poytaxt jamoasi uchrashuvda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va OChL guruh bosqichiga chiqa olmadi. Dastlab, vakillarimizning qo‘pol xatosidan so‘ng belgilangan penaltini maydon egalarining nomdor golland futbolchisi Uesli Sneyder golga aylantirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Biroz o‘tib «Al-G‘arafa» futbolchisi Diyego Amadoning unchalik murakkab bo‘lmagan zarbasini Aleksandr Lobanov qaytara olmadi.

Ikkinchi bo‘limda «Paxtakor» faolroq o‘ynadi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalardagina Jasur Hakimov javob golini urishni uddaladi. Hisobni tenglashtirish uchun esa poytaxt jamoasiga omad va vaqt yetishmadi. Shu tarzda «Paxtakor» OChLdagi yurishini juda erta tugatdi.

«Al-G‘arafa» – «Paxtakor» 2:1

Gollar:
1:0 – Sneyder (20 penalti); 2:0 – Diyego Amado (28); 2:1 – Jasurbek Hakimov (90+3).

«Al-G‘arafa»: Qosim Burxon, Mahdi Muxtor (Said Haq, 11), Roberi Fassiana, Fahid Shammari, Monkez Adi, Assim Modibo (Xolid Zereqi, 76), Diogo Amado, Abdulaziz Hatim (Tamir Jamol, 65), Ahmad A’laaldin, Uesli Sneyder, Mehdi Taremi.

Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Sherzod A’zamov, Marko Simich (s), Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Azimjon Ahmedov (Jasurbek Hakimov, 76), Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov (Jasurbek Yaxshiboyev, 62), Tiago Bezerra.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL. «Paxtakor» safarda Sneyder to‘p surgan jamoaga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi (video)