Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safida bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
“Lokomotiv” bugun mana shunday futbolchilardan 2 nafari bilan shartnoma tuzdi. Bular – Janubiy koreyalik hujumchi Cho Suk Jae hamda braziliyalik yarim himoyachi Nivaldo Rodriges Ferreyra.
Cho Suk Jae 24 yoshda bo‘lib, u bungacha “Chonbuk Motors” jamoasi safida to‘p surib kelayotgan edi. Shuningdek, bir muddat “Chonnam Dragons” hamda “Anyang” klublari sharafini ham himoya qilgan.
Braziliyalik Nivaldo esa 29 yoshda bo‘lib, u bunga qadar Belorussiyaning “Dinamo Brest” jamoasi a’zosi edi. U faoliyati davomida Braziliyaning “Baraunas”, Qozog‘istonning “Atirau”, Rossiyaning “Sibir”, “Luch Energiya” va Belorussiyaning “Gomel” kabi jamoalari safida faoliyat olib borgan.
Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" Osiyo chempionlar ligasida to‘liq legionerlar limitidan foydalanadigan bo‘ldi. Ta’kidlab o‘tamiz, “Lokomotiv” safida shuningdek, gruziyalik Kaxi Maxaradze va serbiyalik Igor Yelich kabi legionerlar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas