08:03 / 02.02.2018
6 600

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida balandlikka sakrash bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida balandlikka sakrash bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik Nadiya Dusanova Tehronda start berilgan Osiyo chempionatida balandlikka sakrash buyicha 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi, sportchimiz balandlikka sakrash bo‘yicha 1.87 m ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqida Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga xabar berdi.

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 31 yanvar kuni Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Tehronga yo‘l olgandi. Sportchilarimiz 1-3 fevral kunlari Eron poytaxtida dunyoning 23 mamlakatidan kelgan 300 dan ziyod sportchi bilan bellashuvga kirishdi.

Mazkur Osiyo chempionatida 26 sovrin (13 tasi - erkaklar, 13 tasi ayollar orasida) o‘z egalariga topshiriladi. Dastur 60, 400, 800, 1500 va 3000 metrga yugurish (60 metr to‘siqlar orqali), 4X400 estafetasi, langarcho‘p bilan sakrash, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish va boshqalarni o‘z ichiga olgan.

Yengil atletika bo‘yicha inshoot ichida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati 2004 yildan buyon jahon chempionatlari kabi ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Tehron uchinchi marta (2004, 2010, 2018 y.) Osiyo chempionatini qabul qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarda maydonda faqat ayollar - sportchilarning o‘zlari, hakamlar, texnik va ma’muriy personal bo‘ladi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar kunning birinchi yarmida, erkaklar o‘rtasidagi musobaqalar esa ikkinchi yarmida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi 10 sportchidan tashkil topgan:
1. Sergey Dementev (yadro uloqtirish);
2. Grigoriy Kamulya (yadro uloqtirish);
3. Dmitriy Melsitov (balandlikka sakrash);
4. Javohir Noriyev (uzunlikka va uchtalik sakrash);
5. Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash);
6. Safina Sa’dullayeva (balandlikka sakrash);
7. Roksana Xudoyorova (uzunlikka va uchtalik sakrash);
8. Yelena Smolyanova (yadro uloqtirish);
9. Nigina Sharipova (60 m);
10. Aleksandra Yurkevskaya (beshkurash).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida balandlikka sakrash bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi