Bugun xabar berganimizdek, Superliga-2018 bahslariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimdan so‘ng «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Xabar.uz» muxbiriga intervyu berdi.
«Jamoalarning barchasiga omad tilayman. Bu yilgi chempionatni AGMK jamoasiga qarshi o‘z maydonimizda boshlaymiz. Ikkinchi turda esa «Paxtakor»ga to‘qnash kelamiz. Shu bois bu o‘yinlarga jiddiy hozirlik ko‘ryapmiz. O‘ylaymanki, musobaqa qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ladi.
Bu mavsumda atigi bitta o‘yinchi sotib oldik. Chunki oldin ham aytganman, «Bunyodkor»da o‘ziga yarasha moliyaviy muammolar bor. Cho‘ntakka qarab ish ko‘rishga majburmiz.
Asosan o‘zimizning mahalliy futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratamiz, ularga tayanamiz», — dedi Mirjalol Qosimov.
Eslatib o‘tamiz, «Bunyodkor» ushbu mavsumda atigi bitta legionerni o‘z safiga jalb qildi — o‘tgan yilgi mavsumni «Qo‘qon-2012» safida o‘tkazgan serbiyalik Filip Rayevats «qaldirg‘ochlar» safiga kelib qo‘shildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...